ABDULLA QODIRIYNING “O‘TKAN KUNLAR” ROMANI TARJIMASIDA PERSONAJ NUTQI VA STILISTIK XUSUSIYATLARNING BERILISHI

Main Article Content

Isakova Dilrabo Botirjonovna

Abstract

Mazkur maqolada Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanining nemis tiliga tarjimalarida personaj nutqi va stilistik xususiyatlarning qayta yaratilishi qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot korpusini Arno Specht tomonidan 1968-yilda rus tilidan nemis tiliga tarjima qilingan “Die Liebenden von Taschkent” hamda Barno Aripova tomonidan o‘zbekcha original bilan solishtirilib, qayta ishlangan 2020-yilgi nashr tashkil etadi. Specht tarjimasi 1958-yilgi L. Bat va V. Smirnova ruscha tarjimasiga tayanishi, Aripova esa mavjud nemischa matnni o‘zbekcha original bilan qayta tekshirib, tuzatishlar kiritgani mazkur ikki nashr o‘rtasidagi farqlarni o‘rganish uchun muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.


Tadqiqotda personaj nutqining leksik, sintaktik, frazeologik, pragmatik va lingvomadaniy xususiyatlari, shuningdek, metafora, metonimiya, sinekdoxa, maqol-matal, murojaat shakllari, tarixiy realiyalar va diniy terminlarning nemis tilida berilishi o‘rganiladi. Specht tarjimasida vositachi til ta’sirida yuzaga kelgan semantik siljishlar, madaniy birliklarning umumlashtirilishi va ayrim siyosiy-ijtimoiy mazmunlarning qisqarishi Aripova qayta tahririda qanday to‘ldirilgani ko‘rsatib beriladi. Xususan, kundosh, qorachopon, yuragi qora, choyxona, ichkari, hujra, ayvon kabi birliklar asosida tarjima strategiyalari tahlil qilinadi.

Article Details

Section

Articles

References

1.Qodiriy A. O‘tkan kunlar. Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2018.

2.Qodiriy A. Die Liebenden von Taschkent. Roman. Aus dem Russischen von Arno Specht. Überarbeitung nach dem usbekischen Original von B. Aripova. Berlin: Dagyeli Verlag, 2020. 371 S.

3.Berdialiev B. Features of Translating the Novel “The Days Gone by” into German // Journal of Language Pedagogy and Innovative Applied Linguistics. 2024. Vol. 2, No. 5. P. 57–67.

4.Berdialiyev B. Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanining nemis tiliga tarjimalari. PhD avtoreferati. Samarqand, 2026.

5.Salomov G‘. Rus tilidan o‘zbekchaga maqol, matal va idiomalarni tarjima qilish masalalariga doir. Toshkent: Fan, 1961.

6.Tuxtasinov I. M. Tarjimon tayyorlashda kasbiy kompetensiyalarni ekvivalentlik hodisasi asosida rivojlantirish. DSc dissertatsiyasi. Toshkent, 2018.

7.G.Nazrullayeva. Badiiy tarjimada personaj nutqining qayta yaratilishi- Toshkent, TDShU, 2025-140 b (monografiya)