NOSIRUDDIN RABG‘UZIYNING “QISSASI RABG‘UZIY” ASARIDA PAYG‘AMBARLAR QISSALARINING POETIK O‘ZIGA XOSLIGI
Main Article Content
Abstract
Mazkur maqolada Nosiruddin Rabg‘uziyning “Qissasi Rabg‘uziy” asarida Odam alayhissalom qissasining poetik xususiyatlari, syujet va kompozitsion qurilishi, obrazlar tizimi hamda badiiy-falsafiy mazmuni tadqiq etiladi. Payg‘ambarlar qissalarining diniy-ma’rifiy mohiyati bilan badiiy ifoda imkoniyatlari o‘rtasidagi munosabat yoritiladi. Odam alayhissalom va Iblis obrazlari o‘rtasidagi ziddiyat, “man etilgan daraxt” motivining mazmuniy vazifasi, qissada tavba va mas’uliyat tushunchalarining ifodalanishi nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, Qur’oni Karimdagi tegishli oyatlar qiyosiy manba sifatida jalb etilib, diniy syujetning turkiy yozma adabiyotdagi badiiy talqinini o‘rganish tamoyillari ko‘rsatib beriladi.
Article Details
Section
References
1.Rabg‘uziy, Nosiruddin Burhonuddin. Qisasi Rabg‘uziy. 1-kitob. – Toshkent: Yozuvchi, 1990; 2-kitob. – Toshkent: Yozuvchi, 1991.
2.Qur’oni Karim. Baqara surasi, 30–39-oyatlar; A’rof surasi, 11–27-oyatlar; Toha surasi, 115–123-oyatlar.
3.Kurbaniyazov, M. A. “Qisasi Rabg‘uziy” — noyob giografik asar. Qo‘qon DPI Ilmiy xabarlari, 2025-yil, 6-son, A seriya. 5. Axmedova, M. A. “Qisasi Rabg‘uziy”da Nuh alayhissalom qissasi va uning sahih manbalar bilan qiyosiy tahlili. Ta’lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali, 2024, 4-jild, 5-son,.