MUMTOZ G‘AZALDA KO‘Z YOSHINING MUBOLAG‘AVIY TASVIRI: ATOYI VA GADOIY G‘AZALLARI MISOLIDA

Authors

  • Qudratova Muborak Shuxratovna Osiyo xalqaro universiteti O‘zbek va rus filologiyasi kafedrasi dotsenti, PhD Author
  • Imomova Nargiz Azizovna Osiyo xalqaro universiteti Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Author

Keywords:

Atoyi, Gadoiy, mumtoz she’riyat, g‘azal, ko‘z yoshi obrazi, mubolag‘a, tashbeh, hijron, poetik tasvir, qiyosiy tahlil.

Abstract

Maqolada Atoyi va Gadoiy g‘azallarida ko‘z yoshi obrazining mubolag‘a san’ati orqali ifodalanishi qiyosiy tahlil qilinadi. Atoyi she’riyatida ko‘z yoshi ummon va dengiz timsollari orqali oshiq iztirobining cheksizligini anglatsa, Gadoiy g‘azallarida to‘fon va qonli yosh obrazlari hijron kechinmalarining shiddatini namoyon etadi. Baytlar tahlili asosida har ikki shoirning mazkur poetik obrazdan foydalanishidagi umumiy va o‘ziga xos jihatlar yoritiladi.

References

1.Atoiy. Jondan aziz janona. – Toshkent, 2011.

2.Gadoiy. Devoni. – Toshkent, 1973.

Downloads

Published

2026-11-14