PREDLOGLARNING TILSHUNOSLIKDA O‘RGANILISHINING NAZARIY ASOSLARI

Authors

  • Sh.Gulyamova f.f.d., dotsent. Toshkent amaliy fanlari universiteti Author
  • M.A. Xujanazarova 1-bosqich magistratura Axborot texnologiyalari va menejmenti universiteti Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: predlog, tarjima muammosi, qiyosiy tilshunoslik, semantika, grammatik munosabat, kontekst, pragmatika, tarjima strategiyasi, sintaktik aloqa, lingvistik tahlil.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada ingliz tilidagi predloglarning nazariy-lingvistik xususiyatlari hamda ularning o‘zbek tiliga tarjima qilinishi jarayonida yuzaga keladigan muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi predloglarning semantik, grammatik va pragmatik jihatlarini aniqlash hamda ularni o‘zbek tiliga tarjima qilishda uchraydigan lingvistik muammolarni ilmiy asosda yoritishdan iborat. Tadqiqot davomida qiyosiy-tahliliy, tavsifiy hamda kontekstual tahlil metodlaridan foydalanildi. Ilmiy manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ingliz tilidagi predloglar ko‘p ma’noli grammatik birliklar bo‘lib, ular nutqda makon, vaqt, sabab, maqsad va boshqa semantik munosabatlarni ifodalash vazifasini bajaradi. O‘zbek tilida esa ushbu grammatik munosabatlar ko‘pincha kelishik qo‘shimchalari, postpozitsiyalar yoki boshqa sintaktik vositalar orqali ifodalanadi. Shu sababli ingliz tilidagi predloglarning o‘zbek tiliga tarjima qilinishi jarayoni oddiy leksik moslikka emas, balki kontekstual va semantik muvofiqlikka asoslanadi. Tadqiqot natijalari predloglarning adekvat tarjimasi ko‘p jihatdan nutq vaziyati, semantik aloqalar hamda kommunikativ maqsadni to‘g‘ri talqin qilishga bog‘liqligini ko‘rsatdi. Mazkur tadqiqot natijalari qiyosiy tilshunoslik va tarjimashunoslik sohalari uchun muhim nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega.

References

1.Comrie B. Language Universals and Linguistic Typology. – Chicago: University of Chicago Press, 2015. – pp. 89–112.

2.Crystal D. The Cambridge Encyclopedia of the English Language. – Cambridge: Cambridge University Press, 2019. – pp. 120–138.

3.Greenbaum S., Quirk R. A University Grammar of English. – London: Longman, 2016. – pp. 143–167.

4.Ҳожиев А. Ўзбек тили грамматикаси. – Тошкент: Фан, 2014. – 298 б.

5.13.Абдуазизов А.А. Тилшунослик назариясига кириш. – Тошкент: Шарқ, 2019. – 214 б.

6.13.Islomov I.X. O‘zbek tilshunosligida semantik va pragmatik tadqiqotlar. – Toshkent: Renessans nashriyoti, 2022. – 180 b.

7.14.Yule G. Pragmatics. – Oxford: Oxford University Press, 2014. – pp. 52–76.

Downloads

Published

2026-10-27