CHO‘LPON ASARLARIDA XX ASR MUAMMOLARINING AKS ETTIRILISHI (QOR QO‘YNIDA LOLA) HIKOYASI MISOLIDA
Keywords:
Abdulhamid Cho‘lpon, “Qor qo‘ynida lola”, XX asr, Turkiston, jadid adabiyoti, ayol erksizligi, jaholat, ma’rifat, diniy mutaassiblik, ijtimoiy tengsizlik, milliy uyg‘onish, Sharofatxon, ramz, poetika.Abstract
Mazkur maqolada Abdulhamid Cho‘lponning “Qor qo‘ynida lola” hikoyasida XX asr boshlaridagi Turkiston ijtimoiy-ma’naviy hayotiga xos muammolarning badiiy ifodasi tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi asarda aks etgan ayol erksizligi, jaholat, ma’rifatsizlik, ijtimoiy tengsizlik, iqtisodiy qaramlik, diniy mutaassiblik va shaxs erkinligining cheklanishi kabi muammolarning badiiy talqinini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda tarixiy-qiyosiy, matniy-tahliliy, obrazlar tahlili, ijtimoiy-psixologik va poetik tahlil metodlaridan foydalanildi. Tahlil natijasida hikoyada bir qarashda maishiy voqea sifatida ko‘ringan syujet zamirida butun bir davrning ijtimoiy va ma’naviy muammolari mujassamligi aniqlandi. Ayniqsa, Sharofatxon taqdiri orqali ayolning jamiyatdagi huquqsizligi, o‘z hayoti ustidan mustaqil qaror qabul qila olmasligi, jaholat va ijtimoiy muhitning inson taqdiriga ta’siri ochib beriladi. Asar nomidagi “qor” va “lola” obrazlari esa zulmat va uyg‘onish, erksizlik va ozodlik, eski va yangi dunyo o‘rtasidagi ramziy ziddiyatni ifodalaydi. Tadqiqot Cho‘lponning mazkur hikoyasi uning milliy uyg‘onish, inson erki va ma’rifatparvarlik g‘oyalari bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi.
References
1. Cho‘lpon, A. *Qor qo‘ynida lola*. – Toshkent: Ziyo nashr, 2023.
2. Cho‘lpon, A. *Kecha va kunduz*. – Toshkent: Sharq, 2000.
3. Cho‘lpon, A. *Tanlangan asarlar*. – Toshkent: Akademnashr, 1994.
4. Quronov, D. *Cho‘lpon nasri poetikasi*. – Toshkent: Sharq, 2004.
5. Boymuratova, H. “Cho‘lpon ijodida ayollar tasviri”. – *Modern Science and Research*, 2025.
6. Shodiyeva, Sh.J. “Cho‘lponning ‘Qor qo‘ynida lola’ asaridagi simvolizm va inson ruhiyati”. – *Modern Science and Research*, 2025.
7. To‘raqulova, D.Ch. “Cho‘lpon qalamiga mansub ‘Qor qo‘ynida lola’ hikoyasining koreys tiliga tarjimasida diniy realiyalarning berilishi”. – “G‘aybulla Salomov va o‘zbek tarjima maktabi” ilmiy nashri, 2024.
8. Cho‘lpon. *Qor qo‘ynida lola*. Elektron matn. Ziyouz.uz.