CHRONOTOPE, VOICE, SYMBOL: AESTHETIC FUNCTIONS OF THE POST-APOCALYPTIC HERO CONCEPT
Keywords:
Kalit so‘zlar: post-apokaliptik roman, qahramon konsepsiyasi, xronotop, hikoya ovozi, ramz, estetik funksiya, Makkarti, Uaytxed, Xeller, Amerika adabiyoti.Abstract
Annotatsiya. Maqolada K.Makkartining “The Road” (2006), K.Uaytxedning “Zone one” (2011) va P.Xellerning “Dog stars” (2012) romanlarida qahramon konsepsiyasini yaratuvchi uch badiiy komponent – xronotop, hikoya ovozi va ramz – hamda ularning badiiy-estetik funksiyalari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotning nazariy asosini M.Baxtinning xronotop nazariyasi, J.Jenettning hikoya ovozi haqidagi qarashlari, D.Quronovning ramz talqini va Ya.Mukarjovskiyning estetik funksiya konsepsiyasi tashkil etadi, tahlil qiyosiy metod va matnni sinchkov o‘qish usuliga tayanadi. Tahlil natijasida uchala romanda falokatdan keyingi qahramon bir xil vositalar orqali, biroq turlicha estetik maqsadda qurilgani aniqlandi: Makkartida yo‘l xronotopi, minimalistik nutq va olov ramzi o‘quvchida hamdardlik uyg‘otib, axloqiy o‘zakni tasdiqlaydi; Uaytxedda shahar xronotopi, kinoyaviy ovoz va devor ramzi tiklanish mafkurasini fosh etuvchi tanqidiy masofa yaratadi; Xellerda aerodrom va osmon xronotopi, uzuq-yuluq birinchi shaxs hikoyasi va yulduz turkumlari ramzi lirik tasalli va insoniy aloqani tiklash vazifasini bajaradi. Xulosada badiiy shakl qahramon konsepsiyasining shunchaki ifoda vositasi emas, balki uning mazmunini belgilovchi omil ekani asoslanadi va bu post-apokaliptik romanni qiyosiy o‘rganish uchun yangi istiqbol ochadi.
References
1.Bakhtin, M. M. (1986). Formy vremeni i khronotopa v romane [Forms of time and of the chronotope in the novel]. In Literaturno-kriticheskie stat’i [Literary-critical essays] (pp. 121–290). Moscow: Khudozhestvennaya literatura.
2.Berger, J. (1999). After the end: Representations of post-apocalypse. Minneapolis: University of Minnesota Press. 278 p.
3.Genette, G. (1980). Narrative discourse: An essay in method (J. E. Lewin, Trans.). Ithaca, NY: Cornell University Press. 285 p.
4.Ginzburg, L. Ya. (1979). O literaturnom geroe [On the literary hero]. Leningrad: Sovetskii pisatel’. 43 p.
5.Hay, J. (2020). Introduction: The United States of apocalypse. In J. Hay (Ed.), Apocalypse in American literature and culture (pp. 1–14). Cambridge: Cambridge University Press. https://doi.org/10.1017/9781108663557
6.Heller, P. (2012). The dog stars [E-book]. New York: Alfred A. Knopf. 280 p.
7.Hicks, H. J. (2016). The post-apocalyptic novel in the twenty-first century: Modernity beyond salvage. New York: Palgrave Macmillan. 208 p.
8.McCarthy, C. (2022). The road [E-book]. London: Picador. 189 p. (Original work published 2006)
9.Mukařovský, J. (2015). Aesthetic function, norm and value as social facts (excerpts) (D. Short, Trans.). Art in Translation, 7(2), 282–303. https://doi.org/10.1080/17561310.2015.1049476
10.Quronov, D. (2018). Adabiyot nazariyasi asoslari [Fundamentals of literary theory]. Tashkent: Akademnashr. 480 p.
11.Whitehead, C. (2011). Zone one [E-book]. New York: Doubleday. 211 p.
12.Zhilevich, O. F. (2021). Roman “Doroga” K. Makkarti kak allegoriya apokalipsisa v XXI veke [Cormac McCarthy’s The Road as an allegory of the apocalypse in the twenty-first century]. Vesnik Paleskaga dzyarzhaŭnaga ŭniversiteta. Seryya gramadskikh i gumanitarnykh navuk, (1), 64–73.