INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA AI VOSITASIDAGI MULOQOTDA MULOYIMLIK STRATEGIYALARINING QIYOSIY LINGVOPRAGMATIK TAHLILI

Authors

  • Numonova Dilshoda Axtamovna Navoiy davlat universiteti magistri Author

Keywords:

sun’iy intellekt, AI vositasidagi muloqot, prompt, kommunikativ strategiya, muloyimlik, hurmat kategoriyasi, lingvopragmatika, qiyosiy tilshunoslik.

Abstract

 Mazkur tezisda generativ sun’iy intellekt tizimlariga yo‘naltirilgan murojaatlar (promptlar) ingliz va o‘zbek tillarida qiyosiy lingvopragmatik jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqotning maqsadi bevosita va bilvosita talab strategiyalari hamda muloyimlik vositalarining ikki tildagi qo‘llanish xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Tahlil nutq akti nazariyasi va Braun hamda Levinsonning muloyimlik konsepsiyasiga tayanadi. Material sifatida uchta kommunikativ maqsad (qayta yozish, tushuntirish, qisqartirish) bo‘yicha tuzilgan namunaviy prompt juftliklari olindi. Tahlil natijasida o‘zbek tilida buyruq mayli shaklining o‘zi so‘zlovchidan “sen/siz” tanlovini talab qilishi, ingliz tilida esa muloyimlik asosan modal fe’llar va leksik vositalar orqali ifodalanishi aniqlandi. Shu sababli ikki tilda “bevosita” va “bilvosita” murojaat o‘rtasidagi chegara bir xil emas. Tadqiqot AI vositasidagi muloqotda hurmat kategoriyasining o‘rnini o‘rganish uchun nazariy asos yaratadi va real foydalanuvchi promptlari parallel korpusini tuzishga yo‘l ochadi.

References

1. Crystal D. Language and the Internet. Cambridge: Cambridge University Press, 2006.

2. Hancock J. T., Naaman M., Levy K. AI-mediated communication: Definition, research agenda, and ethical considerations // Journal of Computer-Mediated Communication, 2020. Vol. 25(1). P. 89–100.

3. Austin J. L. How to Do Things with Words. Oxford: Clarendon Press, 1962.

4. Searle J. R. Speech Acts: An Essay in the Philosophy of Language. Cambridge: Cambridge University Press, 1969.

5. Khayitova N. Artificial Intelligence Terms in English and Uzbek: A Comparative Analysis Using Corpus Linguistics // Foreign Linguistics and Linguodidactics, 2025.

6. Aliyeva D. S. Comparative Linguo-Pragmatic Analysis of Prompt Engineering Strategies in English and Uzbek // Science Time, 2026.

7. Brown P., Levinson S. C. Politeness: Some Universals in Language Usage. Cambridge: Cambridge University Press, 1987.

8. Yule G. Pragmatics. Oxford: Oxford University Press, 1996.

9. Reeves B., Nass C. The Media Equation: How People Treat Computers, Television, and New Media Like Real People and Places. Stanford: CSLI Publications, 1996.

Downloads

Published

2026-10-08